qarashlar
O‘zbekistonda har yili “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlari o‘tkazilishi belgilangandi. Ushbu tanlovlarni o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan ushbu tanlovlarni o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibi belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024-yilning iyun oyidan boshlab sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, ekofaollar va jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining 100 nafarini har oyda bir marotaba velosiped va boshqa mukofotlar bilan taqdirlashni yo‘lga qo‘yadi.
Tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
“Eng toza mahalla” tanlovi
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod mahallalar har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga ariza topshirаdi.
Arizalar bilan birga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom yoki 10 daqiqadan oshmagan videolavhali taqdimot materiali taqdim etiladi:
Tanlov har yili dekabr—yanvar oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
Respublika komissiyasi baholash natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan bittadan mahalla saralab oladi va g‘olib deb topadi.
G‘olib bo‘lgan mahallalarning tegishli jamg‘armasiga chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxtlarni ekish uchun 500 million so‘mdan pul mablag‘i hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil topshiriladi.
“Eng toza mahalla” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash 21-mart — Navro‘z bayrami arafasida amalga oshiriladi.
“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi
Tanlovda ishtirok etish uchun sanitar tozalash korxonalari chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari orasidan eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan ko‘pi bilan 3 nafar nomzod taqdim etiladi.
Nomzodlar o‘z arizalari bilan birga quyidagilarni ham taqdim etadi:
Komissiya saralash natijalarini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqib, eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlarni ketma-ketlik tartibida saralaydi va saralash natijalarini 10-noyabrga qadar tasdiqlab, eng ko‘p ball to‘plagan 100 nomzodni g‘olib deb topadi. Ularni taqdirlash har yili 8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni arafasida vazirlik rahbariyati yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar tomonidan tantanali tarzda amalga oshiriladi.
G‘olib bo‘lgan nomzodlarning davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontraktining bir yillik to‘liq summasi, biroq BHMning 30 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi to‘lab beriladi.
Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Comments
0 comment