menu
Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Iskandar Qutbiddinov tayinlovga qadar 2021-yildan Prezident administratsiyasida ishlab kelgan

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar 2021-yildan Prezident administratsiyasida ishlab kelgan.

Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. 2018–2021-yillarda Vazirlar Mahkamasida ishlagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!