menu
Dubay fuqarosi mahbuslarni ozod qilish uchun 408 ming dollar xayriya qildi
U ta’lim yoki sog‘liqni saqlash o‘rniga nega panjara ortidagilarga xayriya qilayotgani sababini tushuntirdi

Dubaylik hind tadbirkori Pure Gold Jeweller asoschisi Firoz Merchant ramazon oyi oldidan mahbusni ozod qilish uchun 1,5 million dirham (408 ming dollardan ziyod) xayriya qiladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 900 nafar mahbus moliyaviy qarzlari sababli qamoq jazosini o‘tamoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi 16 yil ichida u 20 ming mahbusni ozod qilishga yordam bergan. 66 yoshli zargar o‘zining 2008-yilda tashkil etilgan “Unutilgan jamiyat” tashabbusi orqali mahbuslarning nafaqat qarzlarini to‘lash, balki uylariga qaytib, oilalari bilan birlashishlari uchun ularga aviachiptalar taqdim etishni maqsad qilgan.

Merchantning o‘zi kambag‘al oilada tug‘ilib, og‘ir sharoitlarda o‘sgan. Ammo ko‘p yillik mehnatidan so‘ng 1989-yilda Pure Gold Jewellery kompaniyasiga asos solgan, bugungi kunda uning 12 mamlakatda 150 dan ortiq do‘konlari bor.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!