menu
Do‘konda sotuvchi, ofitsiant, reklama agenti: Gollivud yulduzlari mashhurlikkacha nima ish qilgan?
Gollivud yulduzi Bred Pitt mashhurlikka erishishdan avval bir vaqtlar tovuq kostyumida ko‘chalarni kezib, kafe mahsulotlarini reklama qilar edi

Qachonlardir kino sanoatida yuqori marralarni zabt etib, Gollivudda mashhurlikka erishish haqida xayoliga ham keltirmagan aktyorlar bor. Ular o‘z ishini mutlaqo noldan — oddiy kasb egaligidan boshlagan. Ofitsiantlik, nonvoylik, fastfud kafesida sotuvchilik kabilar bilan shug‘ullangan mashhurlar bilan quyida yaqindan tanishamiz.

Bred Pitt

Gollivud yulduzi Bred Pitt mashhurlikka erishishdan avval bir paytlar tovuq kostyumida ko‘chalarni kezib, Mad Chicken deb nomlangan restoranni reklama qilar edi. Shuningdek, bo‘lajak yulduz klublarda raqqosa va aktyorlar uchun haydovchi bo‘lib ham ishlagan.

O‘sha vaqtlar Pitt bir kun kelib shaxsiy haydovchisiga ega bo‘lishini tasavvur ham qilmas edi.

Garri Stayls

Aktyor yoshligidan mehnatda toblangan bolalardan bo‘lgan. U avval Cheshirdagi W Mandeville Bakery nomli do‘konda non mahsulotlari sotuvchisi bo‘lib ishlagan.

Megan Foks

Mashhur aktrisa avvallari qanday kun kechirgani haqida eslashni yoqtirmaydi. Megan Foks turli buyurtmalarni kafelarga tarqatuvchi va haftada bir marta kafe tashqarisida kulgili kostyumda raqsga tushuvchi sifatida ishlagan.

Endi ular Megandan dastxat olishsa arziydi.

Jonni Depp

Katta ekranlarga chiqishdan avval aktyor Jonni Depp telefon orqali kanselyariya tovarlarini sotgan. Savdo sohasidagi ish tajribasi unga aktyorlik mahoratini ishga solishga yordam bergan. Depp hiyla va yaxshi muomala bilan odamlarga ruchka sotishga harakat qilar edi.

Margo Robbi

Qachonlardir Margo Subway nomli fastfud taomlar tarmog‘ida ishlagan. Mashhur so‘zlariga ko‘ra, u tayyorlagan sendvichlar juda mazali bo‘lgan. Hozirda aktirsa bunday kafelarga deyarli tashrif buyurmay qo‘ygan.

Kanye Uest

Reper yoshligida Gap brendi kiyim do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlagan. Bir necha yillardan so‘ng esa uning Yeezy brendi mazkur kompaniya bilan birga hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Yeva Mendes

Yoshligida amerikalik aktrisa Yeva Mendes Hot Dogs On A Stick kafesida ishlagan hamda turli savdo markazlarida hotdog sotgan. U tezroq katta bo‘lishni va moliyaviy mustaqillikka erishishni istagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!