menu
“Daryo” dayjesti: 21-fevralning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqqan Toshkent, ozodlikka chiqqan Abror Muxtor Aliy, faoliyati to‘xtatib turilishi so‘ralgan 40 ga yaqin umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi turoperator – “Daryo” nashri bugun, 21-fevralda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

Poytaxt havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etmoqda.

Olmaliqdagi metall tayyorlash sexida sodir bo‘lgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Vaqtinchalik qurilma tomining qulab tushishi oqibatida uch nafar hindistonlik halok bo‘lgan edi.

DXX tomonidan Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi (video)

Xususan, Samarqandda ikki fuqaro 2,8 kilo opiyni 40,5 ming dollarga sotayotganida ushlandi.

Abror Muxtor Aliy ozodlikka chiqdi

U 15 sutka ma’muriy qamoqni 13 sutkada yakunlagan.

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi 40 ga yaqin turoperator faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi (ro‘yxat)

Aytilishicha, turizm faoliyatini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi bir qator tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Olmaliqda tom qulashi oqibatida jabrlangan hindistonliklarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Ularning 6 nafari operatsiya qilingan, qolgan 17 nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

“14 yoshli qiz unashtirilgach, xayoli o‘qishda emas, yigitidan keladigan SMS’da bo‘ladi”. Qashqadaryolik talaba qiz hokimga erta turmushning oldini olish bo‘yicha taklif berdi

“Hurmatli ota-onalar, farzandingizni o‘qitsangiz, qo‘pol bo‘lsa ham u ersiz qolib ketmaydi. Yaxshi o‘qigan qiz tengini topadi degan ma’noda biz targ‘ibotga borsak”, — deydi Marjona Jo‘raqulova.

O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul to‘langanda elektron chek berish boshlandi

“Soliq” mobil ilovasida bunday cheklar uchun keshbek hisoblanmaydi.

Nukus shahri va viloyat markazlari uchun mingta avtobus sotib olinadi

Buning uchun xalqaro moliyaviy tashkilotdan 120 million dollar jalb qilinadi.

Toshkentga uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi 

Mashina Buxorodan kelayotgan bo‘lgan.

Toshkentda ikki firma uy-joylar qurib, sotish bilan fuqarolarni aldab, 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Odamlar kottej turar joylar uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida 125 millon so‘mdan to‘lagan.

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga bordi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi.

O‘zbekistonda yanvar oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi ma’lum qilindi

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri va Samarqand viloyatida kuzatilgan.

Oliy sudning kassatsiya instansiyasi 2023-yilda shikoyat asosida 13 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqqan

Oliy sud mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonga 2023-yilda qancha turist kelgani haqida maʼlumot berildi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga oshgan.

Toshkent viloyatida korxona rahbari qurilish uchun berilgan 373 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!