menu
“Daryo” dayjesti: 19-fevralning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid e’tiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

“Daryo” nashri bugun, 19-fevralda e’lon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid e’tiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistonda chet elda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beriladi

Prezident milliy qonunchilikni JST standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

O‘zbekistonda fuqarolar o‘zi istagan joyda svetofor o‘rnatishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati jismoniy yoki yuridik shaxslar bunday vakolatga ega emasligini ma’lum qildi.

Surxondaryodagi bojxona postida 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tamakilar to‘xtatib qolindi (video)

Ushbu mahsulotlar vagonlarni skaner qilishga mo‘ljallangan inspeksion ko‘rik davomida aniqlangan.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 20-fevral kuni ham qor yog‘adi

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

“Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”. Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi

“Kariyev “Dok-1 Maks” sudida sirop bo‘yicha hech qanday aybi yo‘qligi uchun pushaymonlik xati ham yozmagan. Faqat bitta ariza yozgan”, — dedi advokat Rahmatov.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirib, xorijga qochib ketgani aytilmoqda

“Daryo” manbasi tashkilot hisob-kitoblarida haqiqatda kamomad chiqqanini tasdiqladi.

Toshkent viloyatida bitta issiqxona 605 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Uning egalari gaz quvurining zulfinlarga o‘rnatilgan tamg‘alarni o‘zboshimchalik bilan uzib, tarmoqqa qayta ulangan.

Energetika vazirligi gaz bosimining pasaygani va barcha gaz zapravkalar yopilganiga izoh berdi

Elektr uzatish tarmoqlarining avariyaviy o‘chishi oqibatida “Gazli” va “Uchqir” stansiyalarida 10 ta gaz haydash agregati favqulodda to‘xtagan.

“Tergovdagi ko‘rsatmalarimning hech birini o‘zgartirmadim, menga qarshi ko‘rsatma berayotganlar esa aksincha”. Farmagentlikning sobiq direktori suddan o‘ziga nisbatan oqlov e’lon qilinishini so‘radi

Sudda so‘z olgan Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.Kariyev so‘nggi so‘zini aytdi.

Go‘sht narxi o‘sha–o‘sha, bodring va uzum qimmatlashdi — Toshkent bozorlaridagi yangi narxlar

Ayrim mahsulotlar arzonlashib, ba’zilarining narxi oshdi.

O‘zbekiston Turkmanistondan 21,6 mln kVt/soat elektr energiyasi import qildi

Shunga qaramay, 18-fevral kuni elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 mln kilovattni tashkil etgan.

“Birgina xato qanday fojialarga olib kelishini angladim” — “Dok-1 Maks” ishidagi sudlanuvchi

“O‘tgan bir yil davomida oilamdan — farzandlarim va ota-onamdan uzoqda yashash nima ekanligini, oila diydorining qadri qanday ekanligini anglab yetdim”, — dedi sudlanuvchi ayol muzokara so‘zida.

Toshkentda elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urildi (video)

Hozirda haydovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Harorat keskin o‘zgarib turadi: O‘zbekistonda mart oyida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Andijonda haydovchi tezlikni oshirgani uchun 78 marta jarimaga tushdi

Oqibatda u 47,4 mln so‘m jarima to‘ladi.

“O‘zbekiston” nashriyoti ijodiy uyi bog‘boni yerto‘lada o‘z joniga qasd qildi

Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Senat raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi 

Bu bo‘yicha prezident tomonidan qonun imzolandi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 6,6 foizga oshgan

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident mutasaddilarga 200 dan ziyod tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash bo‘yicha topshiriq berdi 

Aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!