menu
“Daryo” dayjesti: 1-aprelning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Shahrisabzda otib ketilgan sambo bo‘yicha jahon chempioni, Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo‘jayev qamalishi, Toshkentda metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qolishi – “Daryo” nashri bugun, 1-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Toshkentda uchta avtomobil to‘qnashdi

Yo‘l-transport hodisasi ikkita Cobalt va Nexia-3 ishtirokida sodir bo‘lgan.

Uy qamog‘i va ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilinganlarni masofaviy nazorat qilish butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etiladi

Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toshkentda 1-apreldan isitish tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish boshlandi

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlari shikastlanishi va issiq suv yo‘llarga toshishi mumkin.

Shahrisabzda mast fuqaro tanishini otib qo‘ydi

Qotillik qo‘lbola usulda yasalgan qurolda sodir etilgan.

Toshkentda metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qoldi

Bunga harakat tarkibining kompressori havo bilan taʼminlanishida qisqa uzilishlar kuzatilgani sabab bo‘lgan.

Elektromobil bilan taqdirlanadi: O‘zbekistonda “Eng toza mahalla” tanlovini o‘tkazish tartibi e’lon qilindi

Tanlov g‘oliblarini aniqlash va ularni taqdirlash tartibi ishlab chiqildi.

Shahrisabzda otib ketilgan fuqaro sambo bo‘yicha jahon chempioni ekani ma’lum bo‘ldi 

Marhum To‘ra Avloqulov 2023-yili Ostona shahrida o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo‘jayev qamaldi 

Unga nisbatan chiqarilgan sud hukmi e’lon qilindi.

“Oilaviy bolalar uylarini tashkil qilgan ota-onalarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish lozim” — senator

2022-yilning 1-sentyabriga qadar oilaviy bolalar uyi yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritgan, bolalarni parvarishlayotgan ota-onalarga ish haqi to‘lanib, mehnat staji hisoblangan. Keyinchalik bu tartib o‘zgargan.

Londonda O‘zbekiston savdo uyi ochilishi kutilmoqda 

Bundan ko‘zlangan maqsad Buyuk Britaniya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish va mustahkamlash.

Surxondaryoda yil davomida qancha chiqindi chiqarilishi ma’lum qilindi 

Viloyatda 12 ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, 6 ta sanitar tozalash korxonalari xizmat qiladi.

Andijonda Gentra to‘liq yonib ketdi (video) 

Bunga salon ichidagi elektr qismidan chiqqan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizligi vazirini qabul qildi

Uchrashuvda tahdidlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Iskandar Qutbiddinov tayinlovga qadar 2021-yildan Prezident administratsiyasida ishlab kelgan.

Metan zapravkalarda sotilayotgan tabiiy gazning 3 350 so‘mdan oshmasligi taʼminlanmoqda — Energetika vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda metan zapravkalarda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!