menu
Damashqdagi Eron elchixonasi yaqiniga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumning nishoni Suriyada joylashgan eronlik zobitlardan biri bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda

Suriya poytaxti g‘arbidagi Eron elchixonasi va konsulligi joylashgan Mezze mahallasiga Isroil harbiy-havo kuchlari raketa zarbasi berishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Hadath telekanali ma’lum qildi.

Eron diplomatik missiyasi majmuasi yaqinida Islom inqilobi gvardiyasi korpusining eronlik harbiy maslahatchilari yashaydigan villalar joylashgan. Al Hadath’ning taxmin qilishicha, hujum nishoni Suriyada joylashgan eronlik zobitlardan biri bo‘lishi mumkin.

Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu kvartalda bir nechta portlashlar eshitilgan va Damashqning g‘arbiy chekkasidan quyuq tutun osmonga ko‘tarilgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!