menu
Buxorodagi YTH qurbonlari soni yana bir kishiga ortdi
Shu bilan birga, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtobus haydovchisi ham vafot etgani aytilgan xabarlarni rad etdi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Kogon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida shifoxonaga yotqizilgan, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, 19-mart kuni vafot etgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi ham shifoxonada vafot etgani haqidagi asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Avtobus haydovchisi tan jarohati bilan Buxoro shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan bo‘lib, ayni kunlarda unga tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, ag‘darilgan avtobus ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!