menu
Buxoroda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi
Tegishli qaror 30-mart kuni e’lon qilingan bo‘lib, shu kundan kuchga kirishi belgilangan

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qarori bilan issiqlik va issiq suv ta’minotining yangi tariflari tasdiqlandi.

Qaror 30-mart kuni e’lon qilingan bo‘lib, shu kundan kuchga kirishi belgilangan.

Unga ko‘ra,

Byudjet va boshqa yuridik iste’molchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi narxi 373 200 so‘m (QQSsiz) bo‘ldi.

Fevral oyida Toshkent shahrida ham issiqlik ta’minoti narxlari oshishi e’lon qilingandi. Narxlar isitish tizimi tugagach amalga kiritilishi belgilangan. Unga ko‘ra, aholiga issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun yangi chakana tarif 15 foiz o‘sib, 2019-yildan beri amalda bo‘lgan 91 960 so‘m/Gkal o‘rniga 105 754 so‘m/Gkalni tashkil etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!