menu
Buxoroda 1 tup daraxt kesgan fuqaro 100 tup daraxt ekadigan bo‘ldi
Jarima to‘lab, tabiatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida1 tup daraxt kesgan fuqaroga 100 tup manzarali  daraxt ekish majburiyati yuklatildi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro J.Sh. o‘zi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali daraxtni qurigan deb, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan. Ushbu holat yuzasidan daraxtni kesgan fuqaroning  mahalladoshlari Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qoldirgan.

Murojaatni olgan tuman inspektorlari aytilgan manzilga borib, qurigan deb  kesilgan daraxtni  maxsus o‘lchovchi asbob (vlagamer) yordamida o‘lchaganda daraxt qurimagani aniqlangan.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 9 million 180 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Shuningdek, 1 tup daraxt o‘rniga kuz mavsumida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda 3 yil parvarish qilish bo‘yicha  kafolat xati olindi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!