qarashlar
Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan “Boxum”—“Bavariya” uchrashuvi yakunlandi.
Avvaliga Musiala hisobni ochib, “Bavariya”ning bu o‘yindagi maqsadi g‘alaba ekanini isbotlamoqchi bo‘ldi. Ammo shundan so‘ng mezbonlar tomonidan 3 ta gol kiritildi. Mezbonlar safida Asano, Shlotterbek va Shteger gol mualliflari bo‘ldi. Harri Keynning so‘nggi daqiqalarda urgan goli hisobni qisqartishga xizmat qildi, xolos.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Bavariya” chempionlik poygasida anchagina ortda qolmoqda. Hozirda yetakchi “Leverkuzen” jamoasi bilan farq 8 ochkoga yetgan.
Tuxel Germaniya klubidagi 44-o‘yin boshqaruvida 11-mag‘lubiyatni qabul qilib olmoqda. U sobiq bosh murabbiy Yulian Nagelssmanndan ko‘ra yomonroq natija qayd etmoqda.
“Boxum” – “Bavariya” 3:2
Gollar: 0:1 – 14 Musiala, 1:1 – 38 Asano, 2:1 – 44 Shlotterbek, 3:1 – 85, Shteger, 3:2 – 90 Keyn.
“Boxum” – Rimann, Ermann (Gamboa, 46), Ordec, Shlotterbek, Bernardo, Mashovich, Losilla (Loosli, 90), Shteger, Asano (Ferster, 90), Antvi-Adjey (Kvarteng, 86), Broshinski.
“Bavariya” – Noyer, Mazraui (Upamekano, 33), de Ligt, Kim Min Chje, Gerreyru (Dayer, 86), Goretcka, Kimmix (Saragosa, 70), Myuller (Tel, 86), Musiala, Shupo-Moting (Sane, 70), Keyn.
Ogohlantirishlar: Upamekano (39), Bernardo (45), Losilla (45), Goretcka (50), Kim Min Chje (66).
Chetlatish: Upamekano (83).
Comments
0 comment