menu
AQSHda bir hafta ichida ikkinchi marta kema ko‘prikka urildi
26-mart kuni Baltimorda yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida ko‘prik qulab tushgandi

AQSHning Oklaxoma shtatida katta barja ko‘prikka urildi, deb xabar bermoqda Fox News.

Hozirda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu hafta boshida ham Baltimorda yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida ko‘prik qulab tushgan edi.

Bu safar hodisa Arkanzas daryosini kesib o‘tuvchi ko‘prikda yuz berdi. Mahalliy patrul xizmatining xabar berishicha, yirik trassada harakat to‘xtatilgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum. 

Baltimorda 26-mart kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvda olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!