menu
AQSH Adliya vazirligi Apple’ni uchinchi marta sudga berdi  
Kompaniya smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblangan

AQSH Adliya vazirligi Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirish va raqobatni bostirishda ayblab, sudga murojaat qildi, deya CNN xabar berdi.

Arizada vazirlik kompaniya raqobatchilar va iste’molchilar imkoniyatlarini noqonuniy cheklash uchun iPhone’ni nazorat qilishdan foydalanganini daʼvo qilgan, shuningdek, Apple’ni yangi ilovalarning o‘sishiga to‘sqinlik qilayotganlikda va raqobatdosh mahsulotlarning jozibadorligini pasaytirganlikda ayblagan.

Da’voda kompaniyaning iste’molchilarga raqobatdosh smartfon platformalari o‘rtasida almashishni osonlashtiradigan ilovalarni bloklashi, uchinchi tomon raqamli hamyonlarini cheklashi va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan aqlli soatlarning “funksionalligini kamaytirish” haqida aytilgan. Adliya vazirligiga ko‘ra, mijozlar iPhone’dan foydalanishni davom ettirishga majbur bo‘lishi uchun boshqa qurilmalarda o‘zining xabar almashish ilovasi sifatini yomonlashtirgan.

Apple AQSH Adliya vazirligining ayblovlarini rad etgan va da’vo kompaniyaning asosiy faoliyatiga tahdid solayotganini aytgan.

Bloomberg qayd etishicha, AQSH Adliya vazirligi 14 yil ichida uchinchi marta Apple kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblamoqda. Mart boshida Yevrokomissiya Apple kompaniyasini 1,8 milliard yevro jarimaga tortgan edi, chunki kompaniya boshqa ilovalarni ishlab chiquvchilarga App Store do‘konidan tashqarida arzonroq musiqa obunasi xizmatlari borligi haqida foydalanuvchilarni xabardor qilishga imkon bermagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!