menu
APL. “Manchester Siti” turning markaziy o‘yinida “Arsenal” bilan durang o‘ynadi 
“Etihad” stadionida o‘tgan o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Manchester Siti” va “Arsenal” 31-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

“Etihad” stadionida o‘tgan turning markaziy uchrashuvida darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar durangga imzo chekdi.

Ushbu durang natijadan so‘ng “kanonirlar” ochkolari sonini 65 taga yetkazdi va 2-o‘rinda bormoqda. “Shaharliklar” esa bitta kam ochko jamg‘arib, 3-pog‘onadan joy olgan. 

APL

30-tur bahsi

31-mart, yakshanba

“Manchester Siti” — “Arsenal” 0:0

“Manchester Siti”: Ortega, Akanji, Ake (Lyuis, 27), Ruben Diash, Gvardiol, Bernardu Silva, Foden (Doku, 61), Kovachich (Grilish, 61), de Bryuyne, Rodri, Holand.

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Tomiyasu, 66), Jorjinyo (Parti, 66), Edegor, Rays, Haverts, Saka (Martinelli, 78), Gabriel Jezus (Trossard, 72).

Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (67), Rayya (79).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!