menu
Alisher Usmonov boyligi yil boshidan buyon 2,8 mlrd dollarga kamaydi
Rossiyalik milliarderlar orasida eng katta zarar Usmonovda kuzatildi. Kapitali oshgan rus milliarderlari ham qayd etildi

Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi yil boshidan buyon 18,293 milliard dollarga oshdi. Biroq Alisher Usmonovning boyligi 2,8 milliard dollarga kamaydi. Tegishli ma’lumotlar Bloomberg Billionaires Index (BBI) da keltirildi.

“YevroXim” va Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi (SUEK) mulkdori Andrey Melnichenkoning boyligi sezilarli darajada ortgan, jumladan, 5,29 milliard dollarga oshgan. Uning hozirgi kapitali 24,1 milliard dollarni tashkil qiladi. Eng katta zararni USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ko‘rdi, uning boyligi 2,8 milliard dollarga kamayib, 18,3 milliard dollarga yetdi.

Bloomberg reytingi bo‘yicha eng boy 10 nafar rossiyaliklar quyidagilar:

Xitoyning Hurun tadqiqot institutining mart oyida e’lon qilgan reytingiga ko‘ra, o‘tgan yil ichida Rossiyaga olti nafar dollarlik milliarderlar qo‘shildi. Bu mamlakatda 76 milliarder bilan yettinchi o‘ringa chiqishga imkon berdi. Reytingni tuzganlar “milliarderlar migratsiyasi”ning o‘sib borayotganini ta’kidladi: AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Singapur eng ko‘p afzal ko‘riladigan davlatlar qatoriga kiradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!