menu
Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi
Shu munosabat bilan u energetika vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan

Prezident qarori bilan Akmal Jumanazarov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Akmal Jumanazarov shu munosabat bilan O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

U 2023-yilning fevralidan buyon elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha energetika vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi

Bundan avval esa Akmal Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!