menu
Afg‘onistonda mina portlashi oqibatida to‘qqiz nafar bola halok bo‘ldi
Bir guruh yosh o‘g‘il-qizlar mina o‘ynab yurgan paytda u portlab ketgan

Afg‘onistonning janubi-sharqida o‘n yillik mojarolar davomidagi mina portlashi oqibatida to‘qqiz nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda rasmiylarga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Hodisa G‘azna viloyatining Geru tumanida sodir bo‘lgan. Bir guruh yosh o‘g‘il-qizlar mina o‘ynab yurgan paytda u portlab ketgan.

G‘azna politsiyasiga ko‘ra, besh qiz va to‘rt o‘g‘il bola qurbon bo‘lgan. Ular to‘rt yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Afg‘oniston dunyoda minalar eng ko‘p joylangan mamlakat hisoblanadi. Daniya qochqinlar kengashi bosh kotibasi Sharlot Slente Afg‘onistonda har oy yuzdan oshiq odam minalarga duch kelishini aytgandi.

Afg‘oniston hududlari 1979-yildagi Sovet istilosi, undan keyingi fuqarolar urushi va “Tolibon”ning 20 yil davomida hukumatlarga qarshi qo‘zg‘olonidan keyin portlamagan minalar, granata va minomyotlar bilan to‘la.

Biroq portlamagan o‘q-dorilar va minalar doimiy ravishda odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi asosiy qurbonlar bolalar ekanini aytmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!