qarashlar
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonda 43 million kishi ocharchilik yoqasida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shni respublikada qashshoqlik va ochlik keng tarqalmoqda. Mamlakat aholisining uchdan biridan ko‘prog‘i oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelmoqda.
Afg‘onistonda bir oyda 160 ming holatda og‘ir respirator infeksiya aniqlandi
BMTning Bolalar jamg‘armasi UNICEF Afg‘onistonda yanvar oyida 160 ming og‘ir respirator infeksiya holati qayd etilganini ma’lum qildi. Bu statistika 2023-yilga nisbatan kasallik 16 foizga oshganini ko‘rsatadi. Bemorlarning 62 foizi besh yoshgacha bo‘lgan bolalardir, Afg‘onistondagi og‘ir respirator infeksiyaning asosiy sabablari anomal sovuq va ifloslanishdir.
Afg‘onistonda 9,5 millionga yaqin aholi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lmagan hududlarda istiqomat qiladi.
Comments
0 comment