qarashlar
Restoranlar tarmog‘i yil yakunlari bilan bo’lishib, rivojlanishning yangi bosqichiga tayyorlanmoqda.
Oqtepa Lavash 2024-yilda o‘zining 14 yilligini: 96 ta filial, yangi texnologik go‘sht sexi va yangi O!Kafe qahvaxona tarmoqlarini ishga tushirilishi bilan nishonladi.
Kompaniya, shuningdek, mahalliy bozor uchun formati yangi bo’lgan yana bir loyihani taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Kompaniya qanday rivojlanib kelgan, qiyinchiliklarni qanday yengib o’tgan va o’z mijozlariga nimalarni tayyorlayotgani haqida batafsil ushbu materialda.
Lavash yanada kattaroq bir narsaga aylanayotganida
14 yil avval 2010-yilda ikki aka-uka Begzod va Farhod G‘ulomovlar Chilonzorda kichkina bir qahvaxona ochdilar u yerda “o‘zlarinikilar uchun” lavash tayyorlardilar. O‘sha shinam joy butun boshli tarmoqqacha kengayishi hech kimning hayoliga ham kelmagan. Bugun O‘qtepa Lavash – O‘zbekistonning 11 shahridagi 96 filiallardir, lekin shu bilan birga tarmoq o‘zining: “soddalik, sifat va har bir mehmonga yaqinroq bo’lish” tamoyillariga sodiq bo’lib kelmoqda
Oldin va hozir: sezilarli o’sish
Qachonlardir birinchi Oqtepa ikki stoldan iborat kichkinagina tamaddixona bo’lib oddiy taomnomadan iborat edi. Bugungi kunda har bir filial – yevropa uskunalari bilan jihozlangan ko’rkam dizayn va noyob kontsepsiyali zamonaviy restorandir.
Muassasa ishga tushgan ilk kunlarda sotilgan sanoqli lavashlar 20024 yilga kelib 1500 kilometrli taomlarga aylandi – bu degani O’zbekistonning eng g’arbiy nuqtasidan sharqiy nuqtasigacha yetib borishdek gap.
Kompaniya jamoasining soni 1628 xodimgacha o’sdi, ularning Ichida tarmoqni boshidan qurganlar ham kam emas.
Tarix: Chilonzor tumanidagi Oqtepa aylanasida joylashgan flagman filialining direktori Sardor kompaniyada olti yildan beri ishlaydi. Ushbu qisqa vaqt Ichida shtatdagi oshpazdan filial direktorigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Sardor katta oshpaz keyin kassir, Sergeli filialining menedjeri bo’ldi. Vaqt o’tib ko’rsatkichlar o’sganidan keyin Sardorni filial direktori lavozimigacha ko’tardilar, keyin esa Oqtepa Lavashning Chilonzordagi birinchi filialining rebrendingidan va rekonstruksiyasidan keyin tarmoqning flagman filialini boshqarishga o’tkazdilar.
Rebrending: zamonaviylik va oydinlik
2024 yilning avgustida kompaniya o’z mijozlariga yanada yaqinroq bo’lish uchun keng miqyosdagi rebrendingni o’tkazdi. Yangi qiyofa – soddalik, zamonaviylik va shaffoflikning uyg’unligi. Restoranlarda endi ochiq oshxonalar bo’lib, u yerda oldindan yozilgan holda ekskursiya o’tish mumkin.
Mehmonlar kechayu-kunduz sevimli klab-sendvich yoki menyudagi yangi pozitsiyadan bahra olish imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun 20 dan oshiq filiallar 24/7 rejimida ishlamoqda. Buyurtmani kutish vaqti -5 daqiqa, kafolatlangan yetkazib berish atigi 30 daqiqadan iborat
Sifatga ishonch: yangi texnologik go’sht sexi
Bu yil Oqtepa Lavash maydoni: 2 200 kv.m dan iborat zamonaviy go‘sht sexini ishga tushirdi, undan ishlab chiqarish maydoni 1 200 kv.m.dan iborat bo’lib quvvati oyiga 1200-1300 tonna mahsulotni tashkil etadi. Sex xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan va kompaniyaga nafaqat barcha filiallarni halol go’sht bilan ta’minlashga imkon beradi, balki xarajatlarni qisqartirib ishlab chiqarishni oshirdi. Har bir mehmon mukammal mahsulot olishi uchun go’shtga maksimal aniqlik bilan ishlov beriladi.
“Maqsadimiz – sifatni barcha bosqichlarda ishlab chiqarishdan dasturxonga tortilishigacha nazorat qilishdir. Yangi sexda biz nafaqat o’z restoranlarimizni ta’minlay olamiz, balki boshqa kompaniyalar bilan ham ishlab, ularga hamyonbop narxlarda eng yaxshi mahsulotni taklif eta olamiz”- deb so’zlaydi Baxodir Raupov, go’sht sexining raxbari.
O!Kafe: yangi mehmonlar uchun yangi brend
14 yillik o’sish va o’zgarishlar kompaniya portfelidagi yangi brend – O!Kafe qahvaxonasini ochilishiga olib keldi. O! Kafe – bu zamonaviy formatdagi qahvaxonalar bo’lib, u yerda nafaqat kofe ichish, balki vaqtni yoqimli o’tkazish ham mumkin.Evropa uskunalarida tayyorlangan xalqaro italyan brendining kofesiga shirinliklar va yengil yeguliklar qo’shiladi.
“Biz yana va yana qaytgingiz keladigan joyni yaratamiz. Bu yerda dam olishingiz, ishlashingiz yoki do’stlar bilan ko’rishishingiz mumkin. O!Kafe – bu nafaqat qahvaxona, balki xizmat ko’rsatishning yangi darajasi” –. deb ta’kidlaydi tarmoqning operasion direktori Renat Fazulyanov.
14 yil mobaynida Oqtepa Lavash ishda va rivojlanishda eng asosiysi – samimiylik, mehnat va mehmonga e’tibor ekanligini isbotladi. Kompaniya o’sish inqirozlarini yengib hamda oldinga harakatlanib muntazam rivojlanmoqda. Yangi go’sht sexi, O! Kafeni ishga tushirilishi va rebrending – bu brend tarihidagi yangi bosqichning boshlanishidir.
“Oqtepa Lavashning O! Kafesi sifatli kofe va shirinliklardan iborat shinam qahvaxonani yaratishga va shu bilan birga Oqtepa Lavash kabi QSR xizmat ko’rsatish qulayligi va tezligini saqlab qolishga intiladi. Bu har bir tashrifni o’zgacha qilib barcha uchun – noutbukli xodimlardan boshlab oilaviy kompaniyalargacha joy yaratishga qo’yilgan qadam” deb yakunlaydi marketing bo’yicha direktor, Jahongir Yusupov.
Oqtepa Lavash – 2010 yilda tashkil etilgan tezkor xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i. Bugungi kunda kompaniya O’zbekistonning 11 ta shaharda taqdim etilib, 96 ta filialni tashkil etadi va faol rivojlanib bormoqda. Rejaga ko‘ra har bir mehmonga yanada yaqinroq bo‘lish uchun 2025 yilga kelib filiallar sonini 150 taga yetkazish kutilmoqda.
Telegram: oqtepalavashuz
Instagram: oqtepalavashuz
Reklama huquqlari asosida.
Comments
0 comment