menu
8-mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, lekin yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda  yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi  0-5, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,   ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq  bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!