qarashlar
Markaziy bank bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo‘lib, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 so‘m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolg‘on xabarlarga aldanib qolmasligini so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA
Comments
0 comment