qarashlar
Ayol va qizlar garderobidagi eng qadrli buyum bu poyabzallardir. Noqulay bo‘lsa ham qimmatbaho oyoq kiyimlar nozik jins vakillari ko‘zlarini quvontiradi. Bugun dunyodagi eng qimmatbaho tuflilar haqida ma’lumot beramiz.
Tanzanite Heels — 2 million dollar
Stuart Weitzman brendiga tegishli ushbu oyoq kiyim kumush teridan ishlangan va 1960-yillarda Kilimanjaro tog‘ida topilgan olmos va tanzanitlardan iborat. Old tomondagi kamarlarga 28 karat olmos, to‘piq tomoniga esa 200 karat tanzanit bilan bezak berilgan. Poshnalari esa 595 karatli olmoslarga to‘la.
Cinderella Slippers — 2 million dollar
Ushbu tufli ham Stuart Weitzman brendiga tegishli bo‘lib, Zolushka poyabzali nomini olgan. Tufli 55 karatli 565 dona brilliantlar bilan bezatilgan.
Ruby Slippers — 3 million dollar
“Oz mamlakatiga sayohat” fantastik filmidagi Doroti tuflisidan ilhomlangan Ronald Uinston qizil rubin toshlaridan ajoyib tufli yaratdi. Tufli 4500 karat haqiqiy rubin va 50 karatli brilliantlar bilan qoplangan.
Rita Hayworth Heels — 3 million dollar
Stuart Weitzman’ga mansub ushbu qimmatbaho poyabzal brilliant va sapfir toshlari bilan bezalgan. Uning matosi kamyob atlasdan tikilgan.
Diamond Stilettos — 15,1 million dollar
Vintaj uslubidagi ushbu tufli dizayner Debbi Uingemga mansub. Tufli noyob pushti va moviy rangli brilliantlar bilan bezatilgan. Tufli yuzasi oltin bilan qoplangan.
Passion Diamond Stilettos — 17 million dollar
Jada Dubai tuflisini ishlab chiqishga salkam 9 oy vaqt sarflangan. Tuflini 2 ta 15 karatli brilliant va chekkalarida 118 dona mayda qimmatbaho toshlar bezab turadi.
Moon Star Shoes — 19,9 million dollar
Dunyodagi eng qimmatbaho poyabzal Antonio Vietri 24 karatli toza tilladan ishlangan. Old qismida 30 karatli yirik brilliantlar bo‘lib, tufli 1576-yilga tegishli meteoritdan yasalgan!
Comments
0 comment