Yangiliklar
Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi.
Erkak 6 yilga qamalgan. Ayolning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, unga 3 yil qamoq jazosi berilgan.
San’at muzeyining yangi binosi qurilishi shu yil boshlanadi.
Muzey yaponiyalik me’mor Tadao Andoning loyihasi asosida quriladi. Ando loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib boradi.
«Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» - UXX rahbari rossiyalik propagandachilarga suiqasdlar haqida.
Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari katta intervyu berdi. U Qrimdagi va Rossiya hududlaridagi portlashlar, Vladlen Tatarskiy o‘ldirilishi hamda Zaxar Prilepinga suiqasd uyushtirilishi haqidagi savollarga javob qaytargan.
Rossiyada yonilg‘i ishlab chiqarish dronlar hujumi tufayli kamaymoqda.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina dronlarining Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari benzin va dizel ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilishda davom etmoqda.
Putin Rossiyada NATO bilan urushga kirishish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, RF keng tarqalgan xavotirlardan farqli o‘laroq, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlariga hujum qilish niyatida emas.
Malayziya O‘zbekiston vazirlik va idoralari xodimlarini qayta tayyorlashda ishtirok etishi mumkin.
Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.
Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.
Toshkentda chinor daraxti shoxlarini kesgan fuqaro 18 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi .
Joriy yilning 26 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ullari tomonidan tuman hududi bo‘ylab navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Kuchli shamol vaqtida qanday xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak? – FVV tavsiyalari.
28 mart kuni Toshkent shahrida bo‘layotgan shamol natijasida ayrim ko‘pyillik daraxtlar sinib qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida nima qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi.
MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Azamat Xolmurodov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Angor tumani hokimligi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi xizmat avtomobili sifatida Captiva-5 sotib olgandi. Uning narxi – qariyb 350 mln so‘m – tuman (shahar) hokimlari uchun belgilangan limit (340 mln so‘m)dan oshiqligi sabab Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining...
«Krokus»ga hujum bo‘yicha hibsga olinganlar haqida nimalar ma’lum?.
26 mart kuni asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Alisher Qosimov teraktga aloqadorlikda gumonlanib sudga keltirildi, ayni vaqtga kelib tergov izolyatoriga yuborilganlar soni sakkiz nafarni tashkil etmoqda.
HAMASning yangi talabi, frontdagi Suvorov xoki va Bokudan ushlab keltirilgan qirg‘iz bojxonachisi - kun dayjesti.
So‘nggi kun ichida jahonda sodir bo‘lgan muhim voqealar, hodisalar sharhi bilan yana odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.
Shavkat Mirziyoyev AQSh parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
Liman va Vuhledarda mudofaasidagi janglar hamda Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari. Urush suratlari.
Ukrainadagi urushning 762-kuni o‘tdi.
“Aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi” - Statistika agentligi mas’uli.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanyapti. Statistika agentligi vakilining ma’lum qilishicha, bu boradagi kompleks tadbirlar uchun 800 mlrd so‘m kerak bo‘ladi. Ro‘yxatga olish orqali mamlakat aholisining demografik tarkibi,...