Yangiliklar
Germaniyada Alisher Usmonov mulkidagi noqonuniy tintuvlari tufayli jinoiy ish ochildi.
Yuqori lavozimli prokuror va Bosh prokuratura xodimi aybsiz odamlarni ta’qib etganlikda gumon qilinmoqda.
Namanganda bolani qarovsiz qoldirgan tarbiyachilar jazolandi.
Otasi bunga e’tiroz bildirgach, tarbiyachilar bolaga ruhiy bosim o‘tkazib, uni haqorat qilgani ta’kidlanmoqda.
Rossiyada «Krokus»dagi teraktni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
U terrorchilik harakatini ommaviy oqlaganlikda ayblanmoqda.
Rossiya yana Ukraina energetika tizimiga yopirilma zarbalar yo‘lladi, Polsha samolyotlarini havoga ko‘tardi.
29 martga o‘tar kechasi va tongda rossiyalik harbiylar raketa va dronlar orqali Ukraina energetika obektlariga navbatdagi hujumini amalga oshirdi. Ukrainaning g‘arbiy qismi Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida qo‘shni davlat Polsha harbiy samolyotl...
O‘zbekistondagi axborot resurslariga kiberhujumlar 2,4 barobarga oshdi.
2022 yilda “uz” domenidagi axborot resurslariga 4,5 millionta kiberhujum qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 11 milliontaga yetgan. Kiberxavfsizlik markazi bo‘lim boshlig‘i Mirzufar Hakimov Kun.uz'ga milliy segmentdagi kiberxavfsizlik, sodir et...
Makron: Putin G20’ga faqat umumiy kelishuv bilan taklif qilinadi.
Vladimir Putinni noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif qilish faqat barcha davlatlar roziligi bilan mumkin bo‘ladi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Braziliyaga tashrifi chog‘ida.
Milliy termaning Hongkongga qarshi o‘yinidan so‘ng tartibsizlik qilgan shaxslar javobgarlikka tortildi.
Tartibsizlik qilgan 6 nafar bolaning ota-onasi jarimaga tortilgan. 2 nafar shaxs 5 sutka, bir kishi 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi olgan. OFK mazkur tartibsizlik uchun O‘FAni jarimaga tortgan.
Barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi amalga oshiriladi.
“Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
30 mart kuni harorat 17 darajagacha ko‘tariladi.
«O‘zgidromet» 30 mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Bloomberg: Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti.
Unga hech qanday dalil yo‘qligini aytishgan.
Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi.
Xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab odamlarni terrorizmni oqlaganlikda ayblab qo‘lga olmoqda. Ushlanganlarning yoshi - 9 yoshdan 75 yoshgacha.
Uchta viloyatda kuchli dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi .
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Latviya TIV rahbari maxsus reyslar bilan bog‘liq mojaro tufayli lavozimini tark etadi.
Xizmat safari uchun davlat mablag‘larini noto‘g‘ri sarflashda gumon qilinayotgan Krishyanis Karinsh 10 aprel kuni iste’foga chiqadi, 11 aprelda esa Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari tasdiqlanishi mumkin.
Shohjahon Ergashev panamalik bokschini nokautga uchratdi.
Shohjahon Ergashev Detroyt shahrida o‘tgan professional boks kechasida raqibini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin - Jahon banki.
Jahon banki O‘zbekistonda gender tengligi bilan bog‘liq vaziyat haqida hisobotni taqdim etdi.
Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi .
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 mart kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (ShUAR) Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.