qarashlar
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukrainaning alyansga qo‘shilishi Kiyev zarur shartlarni bajarganidan so‘ng darhol amalga oshadi.
Shuningdek, u barcha ittifoqchilar bu qarorni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi. Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat NATOga a’zo bo‘lishga har qachongidan ham yaqinroq.
Bosh kotibning aytishicha, alyans Ukrainaga million dona dron yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, 20 ittifoqchi minalardan tozalash koalitsiyasida ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Yens Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, NATO Polshada Ukraina uchun yangi o‘quv markazi tashkil etishga qaror qilgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng Ukraina “shubhasiz NATOga qo‘shilishi”ni aytgandi. Unga ko‘ra, qo‘shilish masalasi mamlakatda harbiy harakatlar to‘xtatilgandan keyin ko‘rib chiqiladi.
Comments
0 comment