22
qarashlar
qarashlar
Yarimfinal yo‘llanmasi uchun «Real» «Siti» bilan, «Arsenal» «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi.
Bugun, 15 mart kuni UYeFAning Shveytsariyadagi qarorgohida Chempionlar ligasi 2023/2024 mavsumi chorak va yarimfinal bosqichlari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a asosiy favoritlar sanalgan «Real» va «Manchester Siti»ni chorakfinaldayoq o‘zaro raqib qildi, shuningdek, «Arsenal» — «Bavariya», «Atletiko» — «Borussiya» D hamda «PSJ» — «Barselona» juftliklari hosil qilingan.
Shuningdek, jamoalar yarimfinaldagi ehtimoliy raqiblarini ham bilib olishdi.
1/2 final juftliklari:
Chorakfinalning dastlabki uchrashuvlari 9-10 aprel, javob o‘yinlari esa 16-17 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarimfinal bahslari esa 30 aprel va 1 may, javob bahslari 7-8 may kunlariga belgilangan.
Comments
0 comment