menu
Toshkentda voleybol bo‘yicha shahar IIBB boshlig‘i kubogi o‘tkazilmoqda.
Toshkent sportning voleybol turi bo‘yicha shahar IIBB boshlig‘i kubogi uchun bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning yarim finalida o‘g‘il bollar jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi va Yangihayot tumanining Fayzli mahallasi jamoalari final bosqichida 1- va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurash olib boradi.  

Qizlar jamoasi o‘rtasida Sergeli tumanining Yangi Sergeli mahallasi va Bektemir tumanining Mirishkor mahallasi birinchilik uchun o‘zaro kurash olib boradi. 

1-o‘rin uchun jamoaning har bir vakiliga 7 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 5 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun 3 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Musobaqaning final bosqichi 14 mart kuni o‘tkaziladi. Final bosqichi qizg‘in sport o‘yini va shou dasturlari bilan davom etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!