qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Fan-texnika | 22:08 333 3 daqiqa o‘qiladi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladiYangi Zelandiya aloqa operatori SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endi mamlakat aholisi orolning istalgan nuqtasidan kosmos orqali xabar yuborishi mumkin.
Foto: T-Mobile
SpaceX kompaniyasi Yangi Zelandiyaning One NZ operatori bilan birgalikda dunyoda birinchi bo‘lib smartfonlarning Starlink tarmog‘iga ulanishini ishga tushirdi.
Qayd etilishicha, Starlink’ning kosmik qamrovi orol davlatning butun hududini qoplab olgan va foydalanuvchilarga aloqa minoralarisiz ham SMS yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Xizmat hozirda to‘liq bepul ishlamoqda, ammo u to‘rt turdagi qurilamaga mos keladi: Samsung Galaxy Z Flip va Z Fold 6, Galaxy S24 Ultra va OPPO Find X8 Pro.
«Ayni vaqtda mutaxassislarimiz texnologiyani qo‘shimcha telefonlarda ham sinovdan o‘tkazmoqda. 2025 yil oxiriga borib yuz minglab mijozlar One NZ Satellite TXT’dan foydalana olishlarini ta’minlash niyatidamiz», — deydi kompaniya direktori Jo Goddard.
Xizmatning yagona kamchiligi — xabar yuborilganida 3-5 daqiqa vaqtda yetib borishida. Ammo SpaceX to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa guruhlari zichligini oshirish ustida ish olib boryapti, kelajakda vaziyat yaxshilanadi va bu o‘rtacha bir daqiqa vaqtni talab eta boshlaydi. Ammo hozircha buning uchun qancha sun’iy yo‘ldosh talab etilishi aytilmagan.
Bugungi kunga qadar SpaceX pastki Yer orbitasiga smartfonlarga uyali aloqa spektrlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qodir foydali yuklamaga ega Starlink apparatlaridan faqat 300 tasini uchirgan. Biroq kompaniya ularning sonini 7,5 mingtaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
One NZ aloqa operatori Starlink bilan hamkorlikni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, u yangi turdagi xizmatni taqdim etadigan oxirgi operator bo‘lmaydi. 2025 yildan boshlab Amerikaning T-Mobile kompaniyasi ham o‘z foydalanuvchilarini Starlink tarmog‘iga ulashi mumkin. Undan keyin Yaponiyaning KDDI, Avstraliyaning Optus, Shveytsariyaning Salt, Chili va Peruning Entel, Kanadaning Rogers kompaniyalari ham Starlink bilan yangi turdagi xizmatni taqdim etishni boshlaydi.
21:48 / 03.12.2024
19:28 / 27.11.2024
23:51 / 26.11.2024
00:15 / 23.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment