menu
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ekologiya sohasida hamkorlikni jadallashtiradi.
Qozog‘istonning Kazinform xalqaro axborot agentligi "Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ekologiya sohasida hamkorlikni jadallashtiradi" sarlavhali maqolani e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Agentlikning yozishicha, majlis "O‘zbekiston hukumati bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida"gi bitimni ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.

"Majlisning Ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish qo‘mitasi raisi, deputat Edil Janbirshin potensial hamkorlik havo va suv ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, biologik xilma-xillikni saqlash, yaxshilash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishga ta’sir etishini ta’kidladi. Hujjatda Orol dengizi havzasidagi ekologik vaziyat, ekologik muhit monitoringi, qo‘shma ta’lim muassasalarini shakllantirish, kadrlar tayyorlash masalalari ham o‘rin olgan", – deyiladi materialda.

Maqola so‘nggida "2022 yil 22 dekabr kuni Toshkentda Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi", – deya eslatib o‘tgan Kazinform.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!