qarashlar
Farmon bilan O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025 yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli sohasida salohiyatni barqaror rivojlantirish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoringini yuritish hamda xavf-xatarlar to‘g‘risida erta xabardor qilishni tashkil etish maqsadida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
2025 yil 1 martgacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan «Elektron agrosanoat bozori» axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.
Comments
0 comment