menu
Qayta ishlanadigan foydali chiqindi aholidan sotib olinadi.
O‘zbekistonda ko‘p qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunda Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi

Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!