menu
Putin bilan yil yakunlari: asosiy savollarga javoblar haqida qisqacha.
Rossiya prezidenti 2024 yilni sarhisob qildi, iqtisodiyot, harbiy amaliyotlar, xalqaro munosabatlarni muhokama qildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:07 5243 5 daqiqa o‘qiladi Putin bilan yil yakunlari: asosiy savollarga javoblar haqida qisqacha

Rossiya prezidenti 2024 yilni sarhisob qildi, iqtisodiyot, harbiy amaliyotlar, xalqaro munosabatlarni muhokama qildi.

Foto: Getty Images 

19 dekabr kuni Vladimir Putin bilan jonli efirda muloqot bo‘lib o‘tdi, 4,5 soat davom etdi. Prezident ichki siyosat, iqtisodiyot, Ukrainadagi urush, xalqaro munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid ko‘plab savollarga javob berdi.

Asosiy iqtiboslar:

«Rossiya kuchayib bormoqda. Rossiya chinakam suveren davlatga aylandi va boshqalarga qaram emas. Men Rossiyani «qutqarish» ga muvaffaq bo‘ldim».

«Rossiya Ukrainada oldinga siljimoqda. Rossiyalik harbiylar «hududlarni egallab olyapti... ba’zilarini qaytaryapti». Putinga 155-dengiz piyodalari brigadasi jangovar bayrog‘i ko‘rsatildi, uni askarlar yuborgani aytildi. Kursk oblasti qachon ozod qilinadi degan savolga Putin aniq javob bermadi»;

«Ukraina bilan hech qanday sulh bo‘lmaydi. Putinning ta’kidlashicha, u sulh va asirlarni almashishni rad etmagan. Shu bilan birga, u sulh dushmanga pozitsiyalarda mustahkam o‘rnashish imkonini berishini aytdi».

«Kreml Kiyev bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyor, ammo... Putin Zelenskiyning noqonuniy prezident ekani haqidagi tezislarini takrorladi va Rossiyada muzokaralarni boshlash uchun shart yo‘qligini aytdi. Biroq, ular Istanbul kelishuvlari asosida va «rivojlanayotgan voqeliklarni» inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak».

«Oreshnik» raketasini urib tushirib bo‘lmaydi. Putin «duel»ni taklif qildi: «Kiyevdagi nishonlarni aniqlab, havo hujumiga qarshi mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini u yerda to‘plashsin, biz esa zarba beramiz».

«Rossiya Suriyada yutqazmadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyada o‘z maqsadlariga erishdi va islomiy xalifalik barpo etilishining oldini oldi. U Moskvaga kelgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad bilan hali uchrashmadi».

Qisqacha:

Bayden va uning o‘g‘li avf etilishi haqida: Putin AQSh prezidentining bu qarori siyosiy emas, balki insoniylik nuqtai nazaridan ekanini ta’kidlab, uni qoralashdan bosh tortdi.

Ukrainadagi urush va armiya haqida: Putinning aytishicha, 2022 yildan beri vaqt jiddiy sinovga aylangan va Rossiya armiyasi butun front chizig‘i bo‘ylab ishonch bilan oldinga siljishda davom etmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari esa chekinish pozitsiyalarida mustahkam o‘rnasha olmayapti.

Ukraina bilan tinchlik haqida: Rossiya tinchlik hujjatlarini faqat Ukrainaning qonuniy rahbari bilan imzolaydi. Rossiya sulh emas, xavfsizlik kafolatlari bilan uzoq muddatli va mustahkam tinchlikka intiladi.

Sanksiyalar bo‘yicha: G‘arb sanksiyalari xalaqit bermoqda va muammolarni keltirib chiqarmoqda, ammo Putinning so‘zlariga ko‘ra, «ular bizni o‘ldira olmaydi».

Migratsiya masalasida: Putin migratsiya masalalarini hal qilish uchun Ichki ishlar vazirligi tarkibida alohida markaz tashkil etishni taklif qildi.

Kursk oblastini qayta tiklash to‘g‘risida: Jabrlangan aholiga uy-joy uchun sertifikat beriladi va jangchilarga to‘lovlar qayta hisoblab chiqiladi va xatolar eski sana bilan tuzatiladi.

Iqtisodiyot haqida: Ikki yil ichida Rossiya iqtisodiyoti 8 foizga o‘sdi, ish haqi esa 9 foizga oshdi. Biroq, inflatsiya tashvishli belgi bo‘lib qolmoqda.

Shaxsiy masala: Putin jangchilar frontdan qaytmaguncha, to‘liq baxtiyor bo‘lmasligini tan oldi.

Yakuniy savollar bo‘yicha iqtiboslar:

«Men Rossiya mustaqil, o‘zi qaror qabul qila oladigan suveren kuch bo‘lishi uchun hamma narsani qildim»;

«Mening kabinetimda portret yo‘q, bir kabinetimda ikona bor, boshqasida Lomonosov byusti»;

«Yigitlarimiz frontdan qaytmagunicha, ularni onasi va xotini kutib olmaguncha, farzandlari quchmaguncha, xalqimiz – yigit-qizlar biz uchun, yurtimiz uchun farzandlarni ko‘paytirmaguncha baxt to‘kis bo‘lmaydi».

«Har bir odam o‘z yaqinlariga ko‘proq e’tibor berishini istardim».

21:49

18:39

16:49

16:43

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!