menu
O‘zbekistonliklar Bavariyaga mehmonxona va haydovchilik sohalarida ishga yuboriladi.
O‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyaning Bavariya federal yerida mehmonxona va haydovchilik sohalarida ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning Ahbid Amin Servise UG rekruting tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, kelgusida o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyaning Bavariya federal yerida mehmonxona va haydovchilik sohalarida ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!