qarashlar
Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab, jahon chempioni bo‘ldi.
Kanadaning Monreal shahrida o‘tgan jahon chempionatida Malinin to‘rtta aylanali sakrashni olti marta amalga oshirdi: avval to‘rtlik aksel, keyin uch marta yakka to‘rtlik (luts, rittberger, salxov) sakrashlarini amalga oshirdi.
Uning erkin dasturdagi bu noyob muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi bo‘ldi.
Ilya Malinin 2004 yilda AQShning Virjiniya shtatida, o‘zbekistonlik figurali uchuvchilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug‘ilgan. Uning singlisi Yelizaveta ham figurali uchish bilan shug‘ullanadi.
Tatyana Malinina – 1999 yilda o‘tkazilgan ilk to‘rt qit’a chempionati g‘olibi, o‘sha yilgi Gran-pri finali g‘olibi, 10 karra O‘zbekiston chempioni (1993–2002), 2002 yilgi Qishki olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra O‘zbekiston chempioni (1997, 2003), 1998 va 2002 yillarda Qishki olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.
Comments
0 comment