qarashlar
Xorazm viloyatida 1-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 36-son maktabning boshlang‘ich ta’lim «Mehnat» fani o‘qituvchisi M.A. 23 fevral kuni 1-A sinf o‘quvchilarini, jumladan, 2016 yilda tug‘ilgan qiz bola va 2 nafar o‘g‘il bolani dars paytida nazorat ishini to‘g‘ri bajarmaganligi uchun kaltaklagan.
26 fevralda o‘qituvchining bunday noqonuniy harakatlari yuzasidan Xonqa tumani IIB tergovga qadar tekshiruv boshlagan. O‘quvchilarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza, o‘qituvchiga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Avvalroq, tergovga qadar tekshiruv Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi.
Comments
0 comment