qarashlar
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Rafah shahrida harbiy operatsiya o‘tkazish rejasini ma’qulladi. Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) Rafahning tinch aholisini evakuatsiya qilishga tayyorligini tasdiqladi.
«Xalqaro bosimga qaramay, biz Rafahga kiramiz, HAMAS batalyonlarini yo‘q qilamiz, xavfsizlikni tiklaymiz, Isroil xalqi va davlatining to‘liq g‘alabasini ta’minlaymiz», dedi Netanyahu.
Isroil bosh vaziri 9 fevral kuni Rafah shahrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlash rejasini ma’lum qildi. TsAHAL shaharga kirishidan oldin Benyamin Netanyahu Rafah aholisini evakuatsiya qilishni ta’minlashga va’da berdi.
Politico manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Rafahda harbiy operatsiya o‘tkazilsa, Isroilga yordamni cheklashi mumkin. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiylari ham Isroilning Rafahdagi operatsiyasiga qarshi chiqdi.
Comments
0 comment