63
qarashlar
qarashlar
Bunga yangi qurilgan ko‘p qavatli uy devorida hosil bo‘lgan yoriqlarga yomg‘ir sirg‘ib kirishi sabab bo‘lgan.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan ko‘p qavatli turar joy binosining shuvog‘i ko‘chib tushdi. Holat yomg‘irli kunlardan so‘ng sodir bo‘lgan.
Mazkur ko‘p qavatli uy ta’sischisi Shonazar Saidov bo‘lgan “Alisher quruvchi servis” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan.
Kun.uz holat yuzasidan Karmana tumani hokimligi matbuot xizmatidan izoh oldi. Hokimlik vakilining ma’lum qilishicha, shuvoqning ko‘chib tushishiga devorda hosil bo‘lgan yoriqlardan yomg‘ir suvining sirg‘ib kirishi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda quruvchi tashkilot tomonidan holatni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Chirchiqda yangi qurilgan 9 qavatli “dom” cho‘kib, qiyshayib qoldi
Comments
0 comment