qarashlar
Pillani yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi etib qayta nomlanadi.
Qo‘mitaning quyidagi vazifa va funksiyalari, ya’ni:
a) yaylovlarni rivojlantirish, shu jumladan ularning qat’iy hisobini yuritish, yaylovlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish – Qishloq xo‘jaligi vazirligiga;
b) qorako‘lchilikni rivojlantirish, mol bosh sonini ko‘paytirish, qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;
v) qorako‘lchilik sohasining teri va jun sanoati yo‘nalishi bo‘yicha davlat boshqaruviga oid vazifalar – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkaziladi.
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi qo‘mitaning ixtiyoridan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkaziladi.
Qo‘mitaning “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga yuklatilgan nodavlat notijorat tashkilotlarga xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalarini bekor qilish hamda ularni qo‘mitaga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) 2025 yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab:
pillachilik klasterlariga hududlarni biriktirish va ushbu hududda yetishtirilgan pillani ularga majburiy sotish amaliyoti bekor qilinadi;
kasanachilar va fermerlar tomonidan yetishtirilgan pilla mahsulotlari erkin tarzda, shu jumladan birja orqali sotiladi;
ipak qurti urug‘ini import qilishda qo‘mita pilla yetishtiruvchilarga, shu jumladan fermerlarga ko‘maklashadi va barcha import qiluvchilar uchun teng sharoitlar yaratiladi;
b) 2024 yilda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga har yili yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining bir kilogrammi uchun respublika budjeti hisobidan 10 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi:
Comments
0 comment