menu
Hukumat qarori qabul qilindi: Toshkent havosi Dehli yoki Mumbayga aylanib qolmasligi uchun nimalar qilinadi?.
Vazirlar Mahkamasining «Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 

Unga ko‘ra, hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi. 

Transport vositalarining normativlarga mosligi darajasi avtomatik baholash tizimiga asosan diagnostik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra ularga qalbakilashtirishdan himoyalangan va elektron belgiga ega bo‘lgan ekologik stikerlar berish orqali «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga ajratib boriladi. 

Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi yoxud ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlash choralari ko‘riladi. Undirilgan jarima to‘lovlari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

«Ekologik transport» tizimi uchta bosqichda joriy etiladi: 

Avtomobillarni diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va natijasiga qarab elektron stiker berish hududlardagi YHXX bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bepul amalga oshiriladi. Ekologik stikerlarga ega bo‘lgan avtomobil egalari transport vositalarini bir yilda bir marotaba ixtiyoriy ravishda diagnostik tekshiruvdan qayta o‘tkazishi va elektron stiker olishi mumkin bo‘ladi.  

Diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va elektron stiker berish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

Shuningdek, shoshilinch va tezkor transport vositalari, jamoat transportidan barcha ekologik hududlarda hech qanday cheklovlarsiz foydalaniladi. Aholiga «zararli» toifadagi transport vositalarini «toza» toifadagisiga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!