qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 18:20 832 2 daqiqa o‘qiladi Harbiylar Yun Sok Yolni hibsga olish uchun politsiyani qarorgohga kiritishga rozi bo‘ldi15 yanvar kuni ertalab Janubiy Koreyaning lavozimdan chetlatilgan prezidentini hibsga olishga ikkinchi marta urinish amalga oshiriladi. Yanvar boshida qo‘riqlash xizmati xalaqit bergani bois Yun Sok Yolni hibsga olishning imkoni bo‘lmagan edi.
Foto: AFP
Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol qarorgohining tashqi qismini qo‘riqlashga jalb etilgan harbiy bo‘linma obekt hududida huquq-tartibot organlari xodimlarining kirishiga ruxsat berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.
Korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi (CIO) so‘rovidan keyin poytaxt mudofaasi qo‘mondonligiga bo‘ysunuvchi bo‘linma CIO tergovchilari, politsiya va Mudofaa vazirligi xodimlarining qarorgohga kiritilishiga rozi bo‘lgan.
Yonhap’ning qayd etishicha, ushbu qadam Yun Sok Yolni hibsga olishda yordam berishi kerak: 15 yanvar kuni ertalab uni hibsga olishga ikkinchi marta urinish amalga oshiriladi.
Avvalroq Yun Sok Yol qo‘riqchilari qarorgoh hududiga zo‘ravonlik bilan kirish qonunbuzilishi sifatida baholanib, bunday harakatlarga qarshi chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi. 14 yanvar kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudining impichment ishi bo‘yicha birinchi yig‘ilishi Yun Sok Yolning o‘zi yo‘qligi bois to‘rt daqiqa davom etgan xolos va 16 yanvarga qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ishini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovchilar 3 yanvar kuni Seuldagi qarorgohiga uni qo‘lga olish uchun yetib borgandi. Ammo qo‘riqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit bergan edi.
17:38 / 11.01.2025
22:59 / 09.01.2025
18:48 / 09.01.2025
18:41 / 07.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment