menu
Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston 148-o‘rinda qayd etildi.
O‘zbekiston Demokratiya indeksi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 167 ta mamlakat ichida 148-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Buyuk Britaniyaning Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi 2023 yil uchun Demokratiya indeksi reytingini e’lon qildi. Unda 167 ta davlat haqida so‘z yuritilgan. Ushbu reytingda O‘zbekiston 148pog‘onada qayd etilgan bo‘lib, 2022 yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini 1 pog‘onaga yaxshilagan.

Mamlakatlar 4 guruhga ajratilgan: «to‘liq demokratiya», «nuqsonli demokratiya», «gibrid» va «avtoritar» rejimdagi davlatlar.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyo aholisining 7,8 foizi to‘liq demokratlashgan jamiyatlarda, 39,4 foizi (ularning katta qismi Xitoy aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi) esa avtoritar boshqaruv ostida hayot kechirmoqda.

O‘tgan yil davomida demokratik davlatlar qatoriga kiritilgan mamlakatlar soni 2 taga oshib, 74 taga yetgan. Shunday bo‘lsa-da, global miqyosidagi umumiy demokratiya darajasi 5,23 punktgacha tushgan. Bu indeks e’lon qilina boshlangan 2006 yildan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Demokratiya indeksini tuzishda quyidagi 5 ta omil inobatga olingan:

Sobiq ittifoq mamlakatlarida vaziyat qanday?

Tadqiqotchilar O‘zbekistondagi demokratiya bilan bog‘liq vaziyatni 10 balldan 2,12 ballga baholagan. Bunda toifalarga quyidagicha ball berilgan: saylov jarayoni va plyuralizm sifati – 0,08 ball, hukumat faoliyati – 1,86 ball, siyosiy ishtirok – 2,78 ball, siyosiy madaniyat – 5 ball va fuqarolar erkinligi – 0,88 ball.

Reytingda possovet mamlakatlari ichida eng yuqori pog‘onalarda Estoniya (27-o‘rin), Latviya (37-o‘rin) va Litva (39-o‘rin) qayd etilgan. Boltiqbo‘yidagi uch respublika va Moldova (68-o‘rin) «nuqsonli demokratiya» toifasidagi mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan. Armaniston (84-o‘rin), Gurjiston (89-o‘rin) va Ukraina ( 91-o‘rin) «gibrid rejim»dagi mamlakatlar sifatida qayd etilgan.

Qolgan mamlakatlar Qirg‘iziston (109-o‘rin), Qozog‘iston (120-o‘rin), Ozarboyjon (130-o‘rin), Rossiya (144-o‘rin), Belarus (151-o‘rin), Tojikiston (155-o‘rin) va Turkmaniston (162-o‘rin) «avtoritar rejim»dagi davlatlar qatoriga kiritilgan.

«Qozog‘iston va O‘zbekistondagi siyosiy islohotlar 2023 yilda kam natija berdi. Yil davomida referendumlar, parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Qozog‘istonda bir hovuch yangi partiyalar paydo bo‘ldi, ammo ularning hukumatdan mustaqilligi shubhali, saylovlar erkin va adolatli emas», deyiladi hisobotda.

Eng demokratlashgan davlatlar

Reytingda birinchi o‘rinni 9,81 ball bilan Norvegiya egallagan. Undan keyingi pog‘onalardan Yangi Zelandiya (9,61) va Islandiya (9,45) joy olgan.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Shvetsiya (9,39), Finlandiya (9,30), Daniya (9,28), Irlandiya (9,19), Shveytsariya (9,14 ball) va Niderlandiya (9 ball) ham kiritilgan.

Indeksdagi eng quyi pog‘onalardan Shimoliy Koreya (165-o‘rin), Myanma (166-o‘rin) va Afg‘oniston (167-o‘rin) joy olgan. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!