qarashlar
Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. Davlat uy-joy fondidan foydalanishga arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali qabul qilinadi.
Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:
Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:
Murojaat maxsus komissiya tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha shaxsni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish haqida qaror qabul qilinadi. Murojaatni ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Uy-joy fuqarolarga ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va bo‘shayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, ro‘yxatda belgilagan navbat asosida taqdim etiladi.
Uy-joy ajratish to‘g‘risidagi qarorga asosan tuman (shahar) hokimiyati tomonidan order shakllantirilib murojaatchiga davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali yuboriladi.
Fuqaro orderni olgandan so‘ng 10 kun ichida uy-joyni balansda saqlovchi tashkilot bilan ijara shartnomasi tuzadi. Fuqaro va uning oila a’zolari order berilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida turar joyga ko‘chib kirishi lozim.
Comments
0 comment