qarashlar
“Daryo” nashri bugun, 15-fevralda e’lon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid e’tiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Toshkentdan Hojikent va Gulistonga poyezdlar qatnovi tiklandi
Bu yo‘nalishlardagi qatnovlar harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida 2023-yil noyabrda to‘xtatilgan edi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 16-fevral kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin
Harorat keskin pasayadi.
Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Pora oldi-berdisi 2024-yilning 13-fevral kuni kechki 23:00 larda Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziy binosi yonida sodir bo‘lgan.
Namanganda 10 yoshli o‘g‘lini 18 ming dollarga sotishga uringan ayol ushlandi (video)
Shuningdek, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ham o‘z farzandlarini sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi.
Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan plyonkaga o‘ralgan holda dumalagan yigitlar 10 sutkaga qamaldi
Ular holatni tasvirga olib, internetda mashhurlikka erishishni maqsad qilgan.
“Bolalar o‘limiga siropning aloqasi yo‘q, tergov ham buni isbotlay olmadi”. “Dok-1 Maks” sudida advokatlarning muzokara so‘zi tinglanmoqda
Sudning 14-fevral kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘z olgan advokatlardan biri Davron Ahmadov himoyasi ostidagi sudlanuvchilarning aybi yo‘qligini, ularga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishi kerakligini ma’lum qildi.
Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar qabul qilgani ochiqlandi
Qiymati BHMning 4 baravaridan ortiq sovg‘alar agentlik balansiga kirim qilingan va idora muzeyidan joy olgan.
Zoir Mirzayev tuman va shahar hokimlari davlat dasturlari hamda qarorlarini o‘qimasligini aytib, ularning rejasiz ishlashini tanqid qildi
Hokim bu haqda o‘tgan dushanba, 12-fevral kuni hokimlik soatida gapirgan.
“Sohaning quyi bo‘g‘inidagi dehqon va fermer ham raqobatbardosh bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Andijon viloyatiga tashrif buyurib, dastlab to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi
O‘zbekistonda havo sovishi ortidan metan zapravkalar ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
“Hududgaztaʼminot” haydovchilardan avtomobillarini yonilg‘i bilan to‘ldirib olishlarini so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini xususiylashtirishga doir qonunni imzoladi
Unda xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari keltirilgan.
Farg‘onada daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq janjal sabab bir ayol vafot etdi
Janjal teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida kelib chiqqan.
“O‘tgan yillardagi eng katta yutuqlardan biri — tadbirkorlarimizda ong o‘zgardi, ishonch ortdi” — prezident
Shavkat Mirziyoyev “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Andijonda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 mlrd dollarlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda
Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi
Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi mumkin.
“Hokim kelib, rasmga tushirib ketdi xolos, muammo hal bo‘lmadi, deyishadi” — Zoir Mirzayev fuqarolar murojaatiga hokimlar yondashuvi haqida
Hokimning aytishicha, prezident portaliga qilingan murojaatlar bilan shaxsan tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari shug‘ullanishi kerak.
“Har bir bilimli yosh — vatan himoyachisi”. Prezident andijonlik yoshlar bilan muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi.
Comments
0 comment