qarashlar
Buxoro viloyatida barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 18 fevral kuni soat 6:00 dan boshlab, viloyatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bunga sabab sifatida sovuq havo, kuchli yomg‘ir va shamol oqibatida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelib, gaz haydash agregatlari faoliyatida uzilishlar ro‘y berayotgani ko‘rsatilgan.
AGTKSh faoliyatidagi o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlanmoqda.
Comments
0 comment