qarashlar
“Dunyo” xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida bir guruh vatandosh talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Britaniyadagi universitetlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarini birlashtirish, ularning bilim olishlari uchun qulay va faoliyatning turli sohalarida faol ishtirok etishlari uchun universal platforma yaratishga qaratilgan. Ayni paytda Britaniyaning Oksford, Kembrij, Edinburg, London Iqtisodiyot maktabi, London Imperial kolleji kabi nufuzli universitetlarda 600 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Shundan 120 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlaridir.
O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy almashinuvni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, tashkilotning tashkil etilishi talabalarning o‘zaro samarali hamkorlik qilishi, tajriba va bilim almashishi, huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.
O‘zbekistonlik talabalar uyushmasining rasmiy ochilish marosimi joriy yilning 2 mart kuni mamlakatning Britaniyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.
Comments
0 comment