qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 21:42 573 2 daqiqa o‘qiladi Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradiBritaniya mudofaa vaziri Jon Xili London Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi rolini o‘ziga olishi kerakligini ta’kidladi.
Foto: AFP
Ayrim Yevropa davlatlari o‘t ochishni to‘xtatishga erishilsa, Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni muhokama qilayotgan bir paytda Buyuk Britaniya u yerda harbiy instruktorlarini yuborishga tayyorlanmoqda. Mamlakat mudofaa vaziri Jon Xilining so‘zlariga ko‘ra, London Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi rolini o‘ziga olishi kerak.
Britaniya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, ukrainalik askarlarning tayyorgarligi ularning ehtiyojlariga ko‘proq mos kelishini ta’minlash lozim. Va bu kabi tayyorgarlik jarayonlari hozirgidek Buyuk Britaniyada emas, balki Ukrainaning o‘zida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
Mudofaa vaziriga ko‘ra, Ukrainani «barcha frontlarda» mustahkamlash zarurati mavjud, chunki «yil yakunlanayotgan bo‘lsa ham, urush hali tugamayapti» va Kiyev har qanday muzokaralarga «kuchli pozitsiyadan turib» borishi kerak. Shu sababli Xili ukrainalik hamkasbi Rustem Umerovga Buyuk Britaniya 2025 yilda Ukrainaga qo‘llab-quvvatlovini qanchalik oshirishiga oid rejani taqdim etadi.
Qayd etilishicha, mazkur reja beshta banddan iborat va u britaniyalik instruktorlar tomonidan o‘qitiladigan ukrain askarlarining sonini oshirish, yangi qurollanishlarni taqdim etish, qo‘shimcha mablag‘ ajratish, Ukraina mudofaa sanoatiga ko‘maklashish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson agar AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan keyin Ukrainaga moliyaviy yordam berishni qisqartirsa, katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya ushbu mamlakatga o‘z quruqlik qo‘shinlarini joylashtirishga majbur bo‘lishini ma’lum qilgandi.
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
21:49
16:43
15:57
21:17 / 18.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment