qarashlar
Ukrainadagi urushning 759-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukraina qo‘shini 23 mart kuni Belgorodni ikki bor o‘qqa tutdi. Ertalabki hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uning rafiqasi bosh miya yopiq jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tinch aholi vakillaridan yana to‘rt kishi jarohat olgan. Shaharda 14 ta ko‘p kvartirali uylar, to‘rtta xususiy uy, avtomobillar va avtobus shikastlangan.
Kechqurun Belgorod uzra havo hujumidan mudofaa tizimi ishlagan. Gubernator Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, shahar ustida va uning chekkalarida «o‘nta havo nishonlari» urib tushirilgan. Bu o‘qqa tutish vaqtida tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.
Bundan tashqari, shu kuni oblast shimolidagi Chernyanskiy rayonida dronlar hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Gladkovning qayd etishicha, so‘nggi ikki hafta davomida Belgorod oblastida ukrainlarning zarbalari oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan 24 kishi halok bo‘lgan, shundan ikki nafari bolalar.
Xarkiv oblastini minalardan tozalash
Ukrainada qurol ishlab chiqarilishi
Xarkiv bo‘ylab yopirilma zarba oqibatlari
RF qo‘shini 22 mart kuni Ukraina energetika infratuzilmalari bo‘ylab keng ko‘lamli hujum amalga oshirdi. Raketalar Xarkiv, Xmelnitskaya, Zaporijjya va Dnipropetrovsk oblastlari bo‘ylab ham zarba bergan. Rossiya hujumi nishonlaridan biri Dnipropetrovsk GES bo‘lgan — bu Ukrainadagi eng yirik gidro elektr stansiyadir. RF mudofaa vazirligi Ukraina bo‘ylab raketa va dron zarbalarini Belgorod va Kursk oblastlari «chegara hududlariga yorib kirish va egallash» urinishlariga javoban «qasos zarbalari» deb atagan.
Comments
0 comment