menu
Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari va tank zavodiga borgan Putin. Urush suratlari.
Ukrainada urushning 722-kuni o‘tdi.

Ukrainada urushning 722-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Belgorod bo‘ylab zarba

16 fevral tongida Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida, hudud gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, yetti kishi, jumladan bir yillik qizcha va 80 yoshli ayol halok bo‘lgan, 19 kishi tan jarohatlari olgan.

Gladkov yettita xususiy va beshta ko‘p kvartirali uylarda «turli darajadagi vayrongarchiliklar» aniqlangani, yana bir do‘kon shikastlangani haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, sanoat korxonalaridan birining hududida shikastlanish qayd etilgan.

TASS agentligining kuchishlatar tuzilmalardagi manbalariga ko‘ra, Belgorod bo‘ylab zarba Ukrainaning chegaradagi Lipsi qishlog‘i hududidan turib yo‘llangan. Rossiya tomoniga ko‘ra, avvalroq Il-76 samolyoti ham shu yerdan turib urib tushirilgandi. Agentlik suhbatdoshi Belgorodga zarba «Vampir» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan yo‘llangani, endi uning joylashuvini aniqlab, «uni yo‘q qilish bo‘yicha ish olib borilayotgani»ni aytgan. Ukraina ushbu hujum yuzasidan izoh bermagan.

Vladimir Putin Nijniy Tagilda

RF prezidenti Putin «Uralvagonzavod»ga tashrif buyurdi. Unga yaqin vaqtlar ichida armiyaga yetkazib beriladigan tanklar ishlab chiqarilayotgan 130-sonli yig‘iuv sexini ko‘rsatishdi.

Bucha yaqinidagi qishloq o‘qqa tutilishidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra

Donetsk oblasti Velika Novosilka qishlog‘i hududidagi ukrain jangchilari

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!