menu
AQSh G‘azoga havo orqali insonparvarlik yordamini yetkazib berishni boshladi.
Uchta yuk samolyoti G‘azo sektoriga 38 mingta taom solingan paketlarni tashladi.

AQSh harbiy S-130 yuk samolyotlari bilan G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishni boshladi. Prezident Jo Bayden insonparvarlik yordami karvonidan yuklarni olishga uringan 100 dan ortiq falastinlik Isroil qo‘shinlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganidan so‘ng, ularni havo orqali yetkazishni buyurgan edi.

Uchta yuk samolyoti G‘azo sektoriga 38 mingta taom solingan paketlarni tashladi. AQSh rasmiysiga ko‘ra, yordam G‘azo sektorining janubi-g‘arbiga – O‘rta yer dengizi sohiliga yetkazilgan.

Bugungi ta’minot bilan AQSh gumanitar yordamni muntazam ravishda yetkazib berishi kutilmoqda. Yordam yetkazib berish Iordaniya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 mart kuni karvon tomonidan yetkazilgan insonparvarlik yordamini olishga uringan kamida 115 falastinlik halok bo‘lgan, yana yuzlab odamlar jarohatlangan. Isroil rasmiylariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi tiqilinch qurbonlari bo‘lgan.

Oq uy milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbining aytishicha, havo orqali yordam G‘azo sektoridagi murakkab vaziyatni hal qilishi mumkin, ammo bu ko‘proq yuk tashish imkonini beruvchi quruqlik orqali ta’minotning o‘rnini bosa olmaydi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoning 2,3 million aholisining chorak qismi ocharchilik xavfi ostida. BMT rasmiylari yordamni havo orqali yetkazish samarali emasligini, bu so‘nggi chora ekanini ta’kidlamoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!